Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻni mustaqil deb tan olish orqali hech qachon oʻz hududiy yaxlitligi buzilishiga rozilik bildirmaydi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev “RIA Novosti”ga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, kelajakda Qorabogʻda ozarbayjonlar va armanlar tinch-totuv yashashi lozimligi bilan bogʻliq oʻz nuqtayi nazarini Minsk guruhiga yetkazgan.
U, shuningdek, ziddiyatni bartaraf etish boʻyicha YEHXT mezonlariga ham sadoqatli ekanini aytgan.
“Biz Armanistonning avvalgi rahbariyati bilan bu borada yaxshigina samaralarga erishgandik”, dedi Aliyev va oʻzining Qorabogʻni qaytarishga oid xalqqa bergan vaʼdasini bajarishini taʼkidladi.