Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, majlisda saylovlarning dekabr oyida o‘tkazilishi bilan bog‘liq ayrim omillarga to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlab o‘tilganidek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Bu esa saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlarni o‘tkazish, jumladan, Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlarning kechiktirilishiga sabab bo‘ladi.
Shu bois, qonun loyihasiga ko‘ra, saylovlarni oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazish taklif etilmoqda.
Majlisda milliy saylov qonunchiligini takomillashtirish, uni umume’tirof etilgan