2020 yil glavnaya

Qoraqalpog‘istondagi korxonalar soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘ladi

Qoraqalpog‘istondagi 16 ta tumanning har birida 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta»si etib belgilandi. Ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uch yil muddatga bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etildi.

Qoraqalpog‘istonda barcha sohalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta»si etib belgilangan.

Bu haqda 2 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida muhokama qilindi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident barcha 16 ta tumanni yanada ravnaq toptirish maqsadida mazkur «o‘sish nuqtalari» bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari 3 yil muddatga yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan ozod etilishini ta’kidladi.

Har bir tuman va shaharni jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish, muammolarni tezkor hal etish uchun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.

Yig‘ilishda kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan o‘nta ustuvor yo‘nalish belgilandi:

  1. tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantirish;
  2. aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish;
  3. investitsiya loyihalari amalga oshirigsh;
  4. Orol muammosining salbiy ta’sirini yumshatish;
  5. xizmat ko‘rsatish sohasi salohiyatini to‘liq ishga solish;
  6. qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
  7. aholini uy-joy bilan ta’minlash;
  8. ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
  9. yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash;
  10. jinoyatchilikning oldini olish.

Prezident mamlakatimiz yigit-qizlarini mazkur hudud hayoti bilan tanishtirish maqsadida kelgusi yili Qoraqalpog‘istonda Yoshlar festivali tashkil etish taklifini bildirdi.

loading