2020 yil glavnaya Yangi O'zbekiston

Tojikistonda O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktab ochildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Spitamen tumani hududida 630 o‘quvchi o‘ringa  mo‘ljallangan umumta’lim maktabining bino va inshootlari kompleksini qurib va jihozlab berdi.  

Maktab alohida ishlab chiqilgan, o‘quv jarayonlarini samarali tashkillashtirishga,  fizika, ximiya, astronomiya, biologiya va chizmachilik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni  o‘tkazishga, shuningdek, o‘g‘il bolalarni metall va yog‘ochga ishlov berish, qizlarni esa uy-ro‘zg‘or ishlari,  pazandachilik, qo‘l-hunar va chevarchilik san’ati bo‘yicha mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatishga, yopiq sportzal va ochiq stadionda sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga, kutubxonada bilimlari darajasini oshirishga, tanaffuslarda ovqatlanishga har jihatdan qulay sharoitlar ko‘zda tutilgan loyihaga binoan qurildi.

Maktabning bino va inshootlar kompleksi 2,1 gektar maydonda joylashdi. Birinchi blokning birinchi qavatida biologiya, ximiya, fizika, astronomiya va chizmachilik fanlari bo‘yicha sinflar va laboratoriyalar, metall va yog‘ochga ishlov berish, uy-ro‘zg‘or ishlari, pazandachilik, qo‘l-hunar va chevarchilik san’ati bo‘yicha mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatishga kabinetlar joylashgan. Ikkinchi qavatda boshlang‘ich sinflar, o‘quv kuni uzaytirilgan guruhlarga mo‘ljallangan maxsus kabinet, direktor, direktor o‘rinbosari, o‘qituvchilar, shifokor, kanselyariya, buxgalteriya va komendant xonalari joylashgan. Uchinchi qavatda o‘quv va kompyuter sinflari, ona tili va adabiyot, ingliz tili, matematika, geografiya kabinetlari joylashgan.

Ikkinchi blok birinchi qavatida sport zal, sport o‘qituvchisi, anjom – uskunalar, yechinish, dush, hojatxona, xonalari joylashgan.

Uchinchi blok birinchi qavatda ovqat tayyorlash xonasi, ovqatlanish zali, bufet va yordamchi xonalar, ikkinchi qavatda majlis zali, texnik markazi, kino anjomlari, san’atkorlar xonasi, kutubxona va boshqa xonalar joylashgan.

Maktab hududida maktabni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun chuqurligi 180 m quduq qazilib, suv tortuvchi nasoslar o‘rnatilgan, bino, elektr transformator binosi, isitish qozonxonasi, ichimlik suvini saqlash, yong‘inga qarshi havzalar, hojatxonalar va avtoturargoh qurilgan.

O‘lchami 60 m x 40 m, tabiiy o‘simlik bilan qoplangan  va yugurish yo‘laklariga ega ochiq stadion hamda o‘lchami 25 m x 20 m sport maydonchasi barpo etilgan.

Loyihaga muvofiq, maktab bloklarida elektr, issiq va sovuq suv ta’minoti, isitish va havo almashtirish tizimlari to‘liq o‘rnatilib, ichki va tashqi pardozlash ishlari bajarilgan.

O‘quv sinflari, maxsus kabinetlar, ustaxonalar, laboratoriyalar, sport zali, 278 o‘rinli majlis zali, 224 o‘rinli oshxona va barcha kabinetlar  zarur bo‘lgan mebel, asbob – uskunalar, kompyuter vositalari, o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan to‘liq jihozlangan.