2020 yil glavnaya Популярные новости

Ukraina koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha “qizil” va “yashil” davlatlar ro‘yxatini yangiladi. O‘zbekiston “yashil” davlatlar qatorida

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi 16-oktabr kuni qizil va yashil zonaga kiritilgan mamlakatlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Ro‘yxatda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga a’zo bo‘lgan 194 ta davlat bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Unda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha har bir mamlakatda 100 ming kishiga to‘g‘ri keladigan faol holatlar qayd etilgan. Qizil zonaga 44 ta davlat, shu jumladan, koronavirus infeksiyasi tarqalishi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan 15 ta davlat kiritilgan.

“Qizil” zonaga, xususan, Ukraina sayyohlari uchun ochiq bo‘lgan Armaniston, Slovyeniya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Bagam orollari, Chernogoriya, shuningdek, ukrainalik sayyohlar uchun yopiq bo‘lgan Ispaniya, Fransiya, Chexiya, Isroil, Moldova kiritilgan.

“Yashil” zonaga esa Ukraina sayyohlari uchun ochiq bo‘lgan Albaniya, Bolgariya, Serbiya, Shimoliy Makedoniya, Iroq, Eron, Turkiya, Misr, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus, Seyshel orollari, Komor orollari, Maldiv orollari, Keniya, Meksika, shuningdek, ukrainalik sayyohlar uchun yopiq bo‘lgan Italiya, Kanada, Gruziya, Polsha, Xitoy, Germaniya, Kipr va Tunis kiritilgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Ukrainada so‘nggi 14 kun ichida kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha har 100 ming kishiga 176,5 nafar bemor to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq mamlakat SSV Ukrainada kasallanish holati hali eng yuqori darajaga chiqmagani va vaziyat yanada og‘irlashishi mumkinligini ma’lum qilgan.