Yangiliklar

Bog‘larda bayram shukuxi

Respublikamizning barcha hududlarida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarda xukumatimiz tomonidan jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta va yagona ko‘p millatli oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millatlar vakillari o‘rtasida o‘zaro totuvlik muhitini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘z aksini topmoqda. Shu yilning 5 avgust kuni, Toshkent shahar G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.
“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida o‘tkazilgan “Yoshlar bizning kelajagimiz!” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbirda taniqli xonanda Abdulla Rahimjonov, “Nihol” mukofoti sovrindori Umid Shahobov, xonanda Jahongir Azimov, “JAR” sport-sog‘lomlashtirish komlpeksida faoliyat ko‘rsatayotgan “Qaldirg‘och” bolalar raqs jamoasi, “Nihol” Davlat yoshlar mukofoti sovrindori Qahramon G‘ulomjonov boshchiligidagi “Havas” guruhi, Respublika Tojik milliy madaniy markazi faoli Ulug‘bek Hamroyev va O‘zbekiston Uyg‘ur madaniy markazi faoli Umar Qosimovlar o‘z san’atlarini namoyish etdilar.