Yangiliklar

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshida “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” Farmoni va “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorlarida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshida “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi.
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida Qo‘mita qoshidagi “Yoshlar ittifoqi”ning boshlang‘ich tashkiloti a’zolari faol ishtirok etishdi.