Yangiliklar

“Qudratimiz–birlik va hamjihatlikda”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Yakkasaroy tumani hokimligi hamkorligida joriy yilning 26 avgust kuni “Do‘stlik bog‘i”da O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida “Qudratimiz–birlik va hamjihatlikda” deb nomlangan adabiy o‘tkazildi. Tadbir fuqarolarimiz ongida millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik prinsiplarini qaror toptirish, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni kuchaytirish, muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Rus madaniy markazi, “Slavutich” Respublika ukrain milliy madaniy markazi hamda Toshkent shahar Qrim-tatarlar “AVDET” milliy-madaniy markazlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir yig‘ilganlarda O‘zbekiston deb atalmish umumiy uyimizda xukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni mustaxkamlash, yurtimizning buyuk istikboli yulida yanada katta kuch-g‘ayrat va shijoat bilan ishlashga ilhomlantirdi. O‘zbekiston nafaqat o‘zbeklarning, balki yurtimizda yashayotgan barcha millat vakillarining vatani ekani, bu yurt ravnaqi uchun mas’ullik, yutuqlariga daxldorlik xissi tadbir ishtirkochilari bo‘lgan rus, ukrain va krim tatar millat vakillari hayoti misolida yorqin namoyon bo‘ldi. Turli millat vakillarining birlik va hamjixatlikda olib borilayotgan xayrli ishlar natijasida O‘zbekiston turli millatlarga mansub insonlarning o‘zaro tinch-totuv hayoti va diniy e’tiqod erkinligi ta’minlangan qudratli mamlakat sifatida tanildi.